Tara Airlines kompaniyasining kichik o‘lchamdagi yo‘lovchi samolyoti 24 fevral ertalabki payt Nepal tog‘larida yo‘qolib qoldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 20 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a'zosi, jumladan 2 nafar xorijlik bo‘lgan. Samolyot Joms shahridan Pokxar aholi punktiga yo‘nalayotgan bo‘lgan.