Nepalda yo‘qolgan samolyot bortida Xitoy va Kuvayt fuqarolari bo‘lgan

Jahon 12:00 / 24.02.2016 2488

Nepalda yo‘qolib qolgan kichik o‘lchamdagi yo‘lovchi samolyoti bortidagi yo‘lovchilar orasida Xitoy va Kuvayt fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda «Sinxua» xabar tarqatgan.

«Samolyotda bo‘lgan 18 yo‘lovchining 2 nafari xorijlik edi. Ular xitoylik va kuvaytlik bo‘lishgan», deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Tara Airlines kompaniyasining kichik o‘lchamdagi yo‘lovchi samolyoti 24 fevral ertalabki payt Nepal tog‘larida yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Samolyot Joms shahridan Pokxar aholi punktiga yo‘l olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: