Germaniya politsiyasi "Bavariya" klubidan 3 mln yevro undirmoqchi bo‘lgan jinoyatchini hibsga oldi. Bu haqda Bild nashri ma'lum qildi.
Avval ko‘p sonli o‘g‘riliklar uchun sudlangan Xarald Tsirngibl 9 va 15 fevrallarda "Bavariya" rahbariyatiga yuborgan maktublarida o‘yin vaqtida "Alyants Arena" stadioni ustidan dron uchirib, so‘ngra uni futbol maydoniga yoki stadion oldidagi avtomobil turargohiga qulatishi bilan tahdid qilgan.
Ma'lum qilinishicha, jinoyatchini qo‘lga olish uchun 100 nafar politsiyachidan iborat maxsus komissiya tuzilgan.