NATO Suriyada mavjud emas va buni rejalashtirmayapti, u faqatgina Turkiya mudofaasini mustahkamlashga yordam berish bilan cheklanmoqda, deb aytdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"NATOning Suriyada qo‘shinlari yo‘q, u yerda mavjud emas va buni rejalashtirmayapti. Biroq NATO Turkiyada mavjud bo‘lib, unga har qanday tajovuzdan himoyalanish uchun yordam bermoqda. Biz Suriyada mavjud emasmiz, biroq Turkiyaning havo mudofaasini kuchaytirmoqdamiz, u yerga AWACS samolyotlarini yubordik, Turkiyani tajovuzdan himoya qilmoqdamiz, biroq Suriyaga bormoqchi emasmiz", deb aytdi Stoltenberg Yevroparlament deputatlari oldida so‘zlagan nutqida.