Moviyrang ko‘zli mushukcha internet yulduziga aylandi

Jamiyat 19:13 / 24.02.2016 6941

Kobi laqabli mushukcha o‘zining “ideal” moviy ko‘zlari bilan internet-yulduziga aylandi.

Uning feysbukdagi sahifasiga 6,3 million, Instagram`da esa 300 mingdan ortiq foydalanuvchilar a'zo bo‘lishgan.

The Huffington Post nashrining qayd etishicha, Kobi “qoyilmaqom” selfilar joylashtiradi.

"Janob Moviy ko‘z" taxallusi bilan tanilgan Gollivudning mashhur aktyori Frenk Sinatraga ishora qilib, “Frenk Sinatra, chetga o‘tib tur”, - deya yozadi nashr. 

Mushukning egasi – art-direktor Rebekkaning (u o‘z sharifini oshkor qilishni istamagan) so‘zlariga ko‘ra, britan mushugi – Kobini bir ko‘rishdayoq yoqtirib qolgan. “U qo‘limda uxlab qoldi, qolgani – uzun hikoya”, - deydi Rebekka.

Shuningdek, mushuk egasining aytishicha, Kobi Rebekkaning ortidan yurishni va uning yostig‘ida uxlashni yaxshi ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: