Mosvalik ayol o‘z xo‘jayini seyfidan 32 million rubl o‘g‘irladi

Jamiyat 19:29 / 24.02.2016 2829

Moskvada ichki ishlar xodimlari bir ayolni ofisdan hamkasblarining qimmatbaho buyumlari va pullarini o‘g‘rilaganlikda aylab, qo‘lga oldi. Bu haqida Moskva politsiyasi matbuot xizmatiga ma'lumotiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi

«22 fevral kuni soat 10.00 da Volgograd prospektida joylashgan avtosaloni direktorlaridan biri o‘g‘irlik sodir bo‘lgan haqida ma'lum qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, 16 fevral kuni avtosalondagi seyfiga tilla buyumlarni qo‘ygan, ertasi kuni hamkasblari qo‘ng‘iroq qilib, seyf ochilgani va ichidagi buyum hamda pullar o‘g‘irlanganini ma'lum qilgan”, deb yozilgan jinoyat ishi bo‘yicha hujjatda.

Umumiy zarar 32 million rubl deb baholandi.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va gumondor so‘roq qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: