McLaren kompaniyasi 570GT (Gran Turismo) deb nomlangan "eng foydali va qulay" superkarni namoyish qildi. U 570S va 540C kupelaridan keyin Sport Series qatoridagi 3-avtomobil bo‘ldi.
McLaren 570GT standart versiyasidan o‘zgacha tom va orqaga tashlanuvchi oynavand panel paydo bo‘lgan kuzovning orqa qismi bilan farqlanadi. Bu panel kabina orqasida joylashgan 220 litr sig‘imga ega yukxonaning ustini yopadi. Kupening old qismida ham 150 litr sig‘imdagi yukni tashish mumkin bo‘lgan yuxona joylashgan. Shu tariqa yukxonalarning umumiy sig‘imdorligi 370 litrni tashkil qilgan.
McLaren 570GT ovozni izolyatsiyalovchi va quyosh radiatsiyasini yutuvchi material bilan qoplangan qoraytirilgan panoramali tom oldi.
Prujinalarning qattiqligi oldi va orqadan mos ravishda 15 va 10 foizga notekis yuzalar bo‘ylab qulay harakatlanish uchun kamaytirilgan. Ko‘ndalang barqarorlik stabilizatorlari ham modifikatsiyalandi, shuningdek, adaptiv amortizatorlar ishiga javob beruvchi elektronika sozlanmalari o‘zgartirildi.
McLaren 570GT’ning og‘irligi 1350 kg ni tashkil qilai, bu esa 570S kupesidan 37 kg ga og‘irroq. Yangi model salondagi shovqin darajasini kamaytirish uchun maxsus modernizatsiya qilingan Pirelli P Zero pokrishkalari oldi.
"Har kun uchun mo‘ljallangan" superkar charm salon hamda elektr regulirovkali rul kolonkasi va o‘rndiqlar bilan taklif qilinadi.
Mashina 3,8 litrli, 8 silindrli tvin-turbo motor bilan jihozlangan, u 570 ot kuchiga erisha oladi. Uzatmalar qutisi 7 pog‘onali, "robot" turida, ikkita ilashishga ega.
Yangi mashina 100 km/coat tezlikka 3,4 soniyada, 200 km/coat tezlikka esa 9,8 soniyada erishadi. Mashinaning maksimal tezligi 328 km/soatni tashkil qiladi.
Yangi avtomobil Jyeneva avtosalonida namoyish qilinadi. Uning narxi 214,6 ming dollardan boshlanadi. 2017 yilda McLaren Sport Series superkarlari oilasi ochiq kuzovga ega yangi modifikatsiya bilan to‘ldiriladi.