Massimiliano Allegri: «Endi Myunxenda g‘alaba qozonishimizga to‘g‘ri keladi»

Sport 10:49 / 24.02.2016 1578

«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Bavariya»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Keyingi bosqichga chiqish uchun bitta o‘yinda g‘alaba qozonish shart edi. Endi safarda g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘ladi.

Jamoa yaxshi o‘yin namoyish qildi. Ammo ikkinchi bo‘lim bilan taqqoslaganda birinchi bo‘limda ko‘p xato qildik. Biz mudofaada yaxshi harakatlanishimiz kerak edi, ammo darvozamiz yaqinida juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratildi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz o‘yin tempini oshirdi va futbolchilar o‘ziga ishonch bilan harakat qilishdi. Bu YeChL o‘yinlarida o‘z kuchinga bo‘lgan ishonch juda ham muhimligini ko‘rsatib berdi.

Biz keyingi bosqichga chiqishimizga va turnirdagi ishtirokimizni davom ettirishimizga ishonamiz. Biz raqibga 2ta gol urdik va bu o‘zimizga ishonchimizni oshirdi.

Hozir esa men A seriyaning keyingi o‘yini haqida ham qayg‘uraman», - deydi Allegri.

Ko‘proq yangiliklar: