Mars ishlab chiqaruvchilari shokolad mahsulotlarini 55ta mamlakatdan qaytarib olmoqda. Bu haqida Associated Press xabar beradi.
Mars va Snickers kabi shokolad batonchiklarining qaytarilishi sababi ulardan topilgan plastik bo‘laklari, deb ta'kidlanmoqda. Kompaniya Germaniyadagi o‘z mahsulotlarini ham ortga qaytarishga qaror qildi.
2014 yilda Mars kompaniyasining ichimlik ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi — Mars Chocolate Drinks & Treats Germaniya, Fransiya va Niderlandiyadan o‘z mahsulotlarini ularda plastik bo‘lishi ehtimoli mavjudligi tufayli qaytarib olgan edi.