Manba: Rossiya va AQSh Suriyadagi janglarni to‘xtatish bo‘yicha loyiha tayyorlayapti

Jahon 14:00 / 24.02.2016 2923

Rossiya va AQSh Suriyadagi jangovar harakatlarni 27 fevraldan boshlab to‘xtatish masalisidagi kelishuv rezolyutsiyasining ikkita qoralama nusxasini tayyorladi. Bu haqida TASS agentligi BMTning shtab-kvartirasidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, ikki hujjatning asosiy qismlari bittaga birlashtiriladi va yaqin kunlarda tasdiqlanadi.

"Ikkita matn bor. Biri amerikaliklar, ikkinchisi ruslarniki. Ularni birlashtirish kerak", - deydi suhbatdosh. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak kelishuvni tasdiqlash murakkab jarayon. Chunki gap Suriya masalasida bormoqda va aynan shunday holatda ikki tomonda ham vaqt oz.

BMTdagi boshqa manbaning TASSga xabar berishicha, rezolyutsiya muhokamasi faqat ikki tomon—Rossiya va AQSh o‘rtasida kechmoqda. Xavfsizlik kengashiga a'zo boshqa mamlakatlarning ishtiroki borasida hech qanday gap -so‘z yo‘q.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bu harakatni minnatordlik bilan qabul qildi va u suriya masalasida vositachilik qilayotgan maxsus elchisi Staffan de Mistura kelishuvni ro‘yobga chiqarish uchun astoydil harakat qilayotganini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: