«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChLning nimchorak finalida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazilgan g‘alabali o‘yindan (2:0) keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz butun o‘yin davomida yaxshi harakatlandik. Biz raqibni charchatishni va bu orqali hujum uchun bo‘sh hududlar hosil bo‘lishini maqsad qildik.
Bu barcha uchun qiziq va tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik.
Biz raqibga doimiy ravishda hujumlar bilan bosim uyushtirdik va xavfli vaziyatlar yaratdik.
Albatta hali keyingi bosqich masalasi hal bo‘lmadi, biz Barselonada o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘yin o‘tkazishimiz kerak.
Pikeni ataylabdan sariq kartochka oldi deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, bunday bo‘lmadi. U o‘yindagi vaziyatlardan birida qo‘pollikka yo‘l qo‘ydi va buning uchun jazolandi», – deydi Enrike.