Latviyada sotuvdan Mars va Snickers shokoladlari qaytarilib olinmoqda

Jahon 19:46 / 24.02.2016 4248

Latviya oziq-ovqat-veterinariya xizmati Mars’ning Niderlandiyadagi zavodi mahsulotini, jumladan Snickers, Mars va Milky Way shokoladlarini mamlakatda sotuvdan qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi veterinariya xizmati vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

"Bu qaror Germaniyada 8 yanvarda Mars zavodining shokoladlarida plastmassa bo‘laklari topilgani sababli qabul qilindi", deb xabar berdi vakil.

Mars o‘zining qandolatchilik mahsulotlarida plastmassa bo‘laklari aniqlangandan keyin ularni 55 ta davlatdan, xususan Yevropa Ittifoqining Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlaridan qaytarib olishini e'lon qildi.

Shu bilan birga Mars Rossiyadan o‘z mahsulotlarini qaytarib olmoqchi emas. Rossiyaning Rospotrebnadzor tashkiloti ham mamlakatga plastmassa bo‘laklari bo‘lgan Mars shokoladlari yetkazilmaganini tasdiqladi.

Germaniya Mars va Snickers’ni plastik topilganligi tufayli ortga qaytarmoqda

Mars shokoladlar ichidan chiqqan plastik tufayli 55 mamlakatdan mahsulotlarini qaytarib olmoqda


Ko‘proq yangiliklar: