Kubada Fidel Kastroning katta akasi vafot etdi

Jamiyat 10:22 / 24.02.2016 2747

Kubada 92 yoshda mamlakatning sobiq rahbari Fidel Kastro va amaldagi rahbari Raul Kastroning katta akasi Ramon Kastro vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Ramon Kastro ukalaridan farqli, siyosatga unga aralashmagan va Kubada inqilob boshlanganda otasiga oilaviy fermada yordam berib yurgan. Biroq shunga qaramay u Kuba kommunistik partiyasi asoschilaridan biri va parlament deputati bo‘lgan.

Fidel Kastroning hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Ramon Kastro qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini nazorat qilgan, jumladan orolning sharqida shakar ishlab chiqarishni oshirishga yordam bergan. Bundan tashqari, u qishloq xo‘jaligida bir nechta davlat kompaniyalariga asos solgan.

Ta'kidlanishicha, Ramon Kastro 1986 yilda sigara chekishni tashlagan ukasi Fideldan farqli o‘laroq, umrining oxirigacha chekishni tashlamagan.

Ko‘proq yangiliklar: