Kanadada pichoq bilan qurollangan o‘smir qiz 8 kishini yaraladi

Jamiyat 01:30 / 24.02.2016 4129

Kanadaning Toronto shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan Pikering shahrida maktabda tahsil oluvchi pichoq bilan qurollangan qiz 8 kishini, jumladan 6 nafar o‘quvchi va maktabning ikki xodimini yaraladi. Bu haqda 23 fevralda CBC telekanali ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir deya baholangan. Dunbarton maktabi o‘quvchisi bo‘lgan qiz qo‘lga olindi, uni bu jinoyatga undagan sabablar noma'lum. O‘quvchilardan birining aytishicha, qiz ikkita pichoq bilan qurollangan bo‘lgan.

22 yanvarda Kanadaning La-Losh posyolkasida 17 yoshli o‘smir ommaviy qotillik sodir etgandi. Qotil avval uyida ikki akasini o‘ldirib, so‘ngra o‘zi tahsil oladigan maktabga yo‘l olib, u yerda 9 kishini o‘qqa tutgan, ulardan 2 nafari halok bo‘lgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan. Jinoyat sabablari o‘rnatilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: