Jyeremi Klarkson o‘zi musht tushirgan Top Gear prodyuseriga 100 ming funt to‘lab beradi

Jamiyat 18:01 / 24.02.2016 1625

"Bi-bi-si" nashrining xabar berishicha, Jyeremi Klarkson o‘tgan yilning mart oyidagi mojaro vaqtida o‘zi tomonidan musht tushirilgan Top Gear avtoshousi prodyuseri Oysin Taymondan kechirim so‘ragan.

Bundan tashqari Taymonning irqiy kamsitish va jarohat yetkazish bo‘yicha da'vosi uchun Klarkson 100 ming funt miqdorida jarima to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

"Men Oysin Taymon oldida bo‘lgan mojaro va natijada kelib chiqqan holat uchun kechirim so‘rashni xohlardim", - deydi Klarkson.

"Shuni aytishim kerakki, bo‘lib o‘tgan ishda uning hech qanday aybi yo‘q", - deydi avtoshouning sobiq boshlovchisi.

Prodyuser bilan bo‘lgan mojaro oqibatida, "Bi-bi-si" Klarkson bilan shartnomani uzaytirmadi. Uning Top Gear`dagi o‘rnini britaniyalik jurnalist egalladi. Joriy yilning fevralida yangilangan avtoshouning to‘liq tarkibi ma'lum bo‘ldi.

Top Gear avtoshousi boshlovchilarining yangilangan jamoasini tanishtirildi

Ko‘proq yangiliklar: