AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimi (RQMT) himoya chorasi sifatida Janubiy Koreyaga o‘rnatishi mumkin. Bu mamlakatda AQShning harbiy ishtrokini qisqartirish yarim oroldagi vaziyat va Xitoy Xalq demokratik Respublikasining yader dasturiga bog‘liq. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 23 fevral kuni XXR tashqi ishlar vaziri Van I. bilan qo‘shma matbuot konferensiyasida ma'lum qildi.
Bunday urinishlarga Shimoliy Koreyaning ko‘rko‘rona xarakatlari, Qo‘shma Shtatlarga hujum qilish maqsadida qurol ishlab chiqayotganini oshkora e'lon qilishi sabab bo‘ldi, deb aniqlik kiritdi amerikalik diplomat. Agar RQM tizimi Janubiy Koreyada o‘rnatilsa, bu Janubiy Koreya va AQSh himoyasi uchun amalga oshirilgan bo‘ladi, deb xabar beradi TASS.
Raketaga qarshi mudofaa tizmi – bu faqatgina himoya qurolidir. Bu hujum quroli emas, u bunga mo‘ljallanmagan. Agar biz yadrosizlantirilishga erishsak, bu tizimdan foydalanishga ham xojat qolmaydi, ma'lum qildi AQSh Davlat kotibi.