G‘uzorlik mahalla raisining jinoiy ishlari fosh bo‘ldi

Jamiyat 23:54 / 24.02.2016 9217

G‘uzor tumani “Navro‘z” MFY raisi lavozimiga vaqtincha tayinlangan shaxs nafaqa pullarining tayinlanishi va to‘lanishi jarayonida bir necha qing‘irliklarga qo‘l urgani oshkor bo‘ldi.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, “U mahalla hududida yashamaydigan 19 nafar fuqaroga jami 32 mln 743 ming 905 so‘m miqdoridagi nafaqa pullarini noqonuniy tarzda to‘lovga chiqarib, o‘z manfaatlariga ishlatib yuborgan”, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Shuningdek, u mahallada yashovchi fuqaro nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, mazkur hujjatlar asosida, 2014 yildan boshlab 11 oy davomida ijtimoiy nafaqa yozib, 3 mln 707 ming so‘m pulni o‘zlashtirib yuborgan.

Nashrning yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi ayblanuvchiga nisbatan 3 yil muayyan, ya'ni moddiy javobgarlik va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilish va 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Ko‘proq yangiliklar: