Fransiyada homiladorlik vaqtida epilepsiyaga qarshi dori ichish bolalarning nuqson bilan tug‘ilishiga olib keldi

Jamiyat 09:55 / 24.02.2016 4077

Fransiyada homiladorlik paytida epilepsiyaga qarshi "Valproat", shuningdek, "Depakin", tijorat nomi ostida chiquvchi dorini qabul qilgan ayollardan tug‘ilgan 450 nafar chaqaloq tug‘ma nuqson bilan tug‘ildi. Bu haqida Fransiyaning ijtimoiy ishlar bo‘yicha bosh inspeksiyasi o‘z ma'ruzasida xabar bergan.

Bunday natijalar inspeksiyada Ron-Alp tumanida yig‘ilgan butun Fransiyadagi ekstrapolyatsiya asosida qabul qilingan.

"To‘plangan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2006 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan davrda ona qornida rivojlanish nuqsoni bo‘lgan (yoki tug‘ruq chog‘ida vafot etgan) bolalarning tug‘ilish hodisasi 425dan 450gacha o‘rin egallagan", - deya ma'ruzada aytib o‘tilgan.

Mazkur dori Fransiyada 1967 yildan buyon sotuvda mavjud. Hozirgi kunda u boshqa mamlakatlarda ham sotiladi.

Ko‘proq yangiliklar: