Fijidan o‘tgan “Uinston” nomli shiddatli to‘fon oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi. Bu haqida Radio New Zealand xabar tarqatdi. Davlat qutqaruvchilarchilari olis tumanlarga yetib borgach, qurbonlar soni yana ortishi mumukin.
To‘fondan so‘ng, 13 mingga yaqin aholi evakuatsiya markaziga joylashdi, 60 ga yaqin maktab, bino-inshootlar jiddiy shikastlandi.
Suv va elektr ta'minotining izdan chiqishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar keltirmoqda.
Avvalroq Fijida “Uinston” to‘fonida halok bo‘lganlar soni 29 taga yetgani ma'lum qilingandi.