"Fenerbahche" muxlislari viza bilan muammolar sababli Moskvaga kela olishmaydi

Sport 21:08 / 24.02.2016 4098

Istanbulning "Fenerbahche" futbol jamoasi muxlislari Moskvaga Yevropa ligasining 1/16 finalida "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvda o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlagani kelishmaydi. Bu haqda jamoaning matbuot-attashesi Nekati Mete ma'lum qildi.

"Turkiyadan birorta muxlis Moskvadagi o‘yinga kelmaydi. Bugungi kunda menda shunday ma'lumot bor. Bu viza muammolari bilan bog‘liq. Ehtimol, "Fenerbahche"ni Moskvada yashovchi turklar qo‘llab-quvvatlar, biroq men buni aniq bilmayman", deb aytdi Mete.

"Lokomotiv" va "Fenerbahche" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevralda, Moskvada bo‘lib o‘tadi. Birinchi uchrashuv turklar klubi foydasiga 2:0 hisobida yakunlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: