Erdo‘g‘an Rossiyani havo chegaralarini buzishda davom etayotganlikda aybladi

Jahon 21:08 / 24.02.2016 5752

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya samolyotlari havo hududlari chegaralarini buzishda davom etayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda u Anqaradagi chiqishi vaqtida ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, Rossiyaning Su-24 samolyoti havo chegaralarini buzib o‘tgani uchun turklar tomonidan urib tushirilganiga qaramasdan, keyingi 3 oy davomida yana shu holat davom etmoqda.

Yanvar oyi oxirida mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘li Su-24 bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirib, Turkiya havo chegarasi ochiqdan-ochiq buzilgani haqida aytgandi. U Rossiya bu uchun javobgarlikni zimmasiga olishiga ishonch bildirgan.

Erdo‘g‘an Rossiya Turkiya kabi do‘stini yo‘qotganini aytdi

Ko‘proq yangiliklar: