Amerikaning Terrafugia kompaniyasi dunyodagi eng birinchi TF-X uchar avtomobilini 2018 yilga taqdim qilmoqchi. Bu haqda Inhabibat xabar tarqatgan.
Loyiha rahbarlarining aytishlaricha, TF-X prototipi Massachusets texnologiya istitutida aerodinamik quvurida sinovdan o‘tmoqda. U o‘zi kirib-chiquvchi qanotlarga ega bo‘lib, uchar mashina 322 km/s tezlikka chiqa oluvchi quvvati 300 ot kuchiga teng dvigatel bilan ta'minlangan.
Ishlab chiqaruvchilar shunday transport vositasini yaratmoqchilarki, qo‘llanish davomida faqatgina kabinaga o‘tirib, kompyuterga kerakli manzil kiritilishi kifoya bo‘ladi.
Terrafugia uchar avtomobili sotuvda 2025 yildan paydo bo‘lishi mumkin.