YeChL. «Yuventus» «Bavariya» uchrashuvida durang qayd etildi

Sport 09:08 / 24.02.2016 3210

23 fevral oqshomida YeChLning nimchorak final bosqichi doirasidagi yana bir uchrashuv Turinda, "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

O‘yinning birinchi bo‘limi germaniyaliklarning ustunligida o‘tdi va bo‘lim so‘ngida myunxenliklar Tomas Myullerning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Aren Robben oradagi farqni ikkita golga oshirdi.

Mezbonlar o‘yin oxiriga qadar mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Avvaliga, 63 daqiqada Dibala himoyachilarning xatosini golga aylantirgan bo‘lsa, 76 daqiqada Sturaro qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joyladi.

Shu tariqa, dastlabki o‘yinda tomonlar jangovar durangga imzo chekishdi. Javob o‘yini 2 haftadan keyin "Alyants Arena"da bo‘lib o‘tadi.

YeChL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Yuventus Italiya – Bavariya Germaniya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 43 Myuller, 0:2 – 55 Robben, 1:2 – 63 Dibala, 2:2 – 76 Sturaro.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Evra, Lixtshtayner, Bardzali, Kuadrado, Xedira (Sturaro, 69), Markizio (Ernanes, 46), Pogba, Dibala (Morata, 75), Mandjukich.
Bavariya – Noyyer, Lam, Bernat (Benatiya, 74), Alaba, Robben, Vidal, Alkantara, Kimmix, Duglas Kosta (Riberi, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (20), Levandovski (70), Morata (79), Vidal (90).

Ko‘proq yangiliklar: