BAA yo‘l harakati rasmiylari yo‘llarda haydovchilar avtomobillarni sekin haydayotgani tufayli hosil bo‘layotgan tirbandliklarni yo‘qotish maqsadida minimal tezlikni ko‘tarishni rejalashtirishmoqda.
Dubay politsiyasining katta kommandir yordamchisi, general Muhammad Al Zafin (Mohammed Al Zafin) Federal yo‘l harakati kengashi bu o‘zgarishni qabul qilgani va ularning hisobiga ko‘ra minimal va maksimal tezlik o‘rtasidagi farq juda katta ekanligini aytib o‘tgan.
Uning ta'kidlashicha, eng ko‘p aziyat chekayotkan yo‘llardan biri bu - Shayx Zayyed yo‘li (Sheikh Zayed Road) va bu yo‘l uchun 60 km/s kamlik qilmoqda.
“Biz shunday qarorga keldikki, maksimal va minimal tezlik o‘rtasidagi farq 20 km/s dan oshmasligi zarur. Maqsadimiz esa minimal tezlikni 100 km/s ga ko‘tarish”, - dedi general Muhammad Al Zafin.