BMT Xavfsizlik kengashi Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman hukumat kuchlari va shia isyonchilari o‘rtasida qurolli ixtilof davom etayotgan Yamanga nisbatan sanktsion tartib amal qilishini bir yilga, ya'ni 2017 yil 26 fevralgacha uzaytirdi.
Ayni vaqtda sanksiyalar ta'siri ostida faqatgina isyonchilar vakillari, jumladan isyonchilarning yetakchilari Abdulmalik al-Xusiy va Abdulloh Yahyo al-Hakim,
Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh, Salohning o‘g‘li Ahmad Abdulloh Saloh qolmoqda. Sanktsiyalar aktivlarning muzlatilishi, safarlarga cheklovlar, isyonchilarga qurol-aslaha, transport vositalari hamda qurilmalar yetkazib berishga taqiqlovni o‘z ichiga oladi.