Bellingcat xalqaro tadqiqot guruhi Malayziyaning «Boing» MH17 samolyotini Ukraina sharqida urib tushirgan rossiyalik harbiylar to‘g‘risidagi tergov ishlarini chop ettirdi.
Tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, samolyot rossiyalik 53- zenit-raketa brigadasi harbiy xizmatchilari tomonidan «Buk» moslamasida urib tushirilgan.
Ayni brigadaning 2-devizioni harbiy xizmatchilari 2014 yilning iyun va iyul oylarida Rossiya-Ukraina chegarasida bo‘lganlarini tasdiqlovchi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlar.
Nashr etilgan ma'ruzada harbiy xizmatchilarning surat va shaxsiy ma'lumotlari o‘zgartirilgan. To‘liq ma'lumotlar MN17 reysi halokati tergov ishlarini olib borayotgan Xalqaro tergov guruhiga (JIT) topshirilgan.
2014 yilning 17 iyul kuni Donetsk viloyatida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchib ketayotgan Boeing 777 samolyoti halokatga uchrashi natijasida 298 kishi dunyodan bevaqt ko‘z yumgan.
Gollandiya tergovchilari Boing halokati havoda sodir bo‘lgan, ko‘plab yuqori energetik obektlar ta'siri doirasida tuzilmaning ishdan chiqishi halokatga sabab bo‘lgan, degan xulosani berishgan edi.
G‘arb va ukrainalik siyosatchilar esa«Boing» Ukraina sharqiy qismida jang olib borayotgan separatistlar tomonidan urib tushirilgan, deb hisoblaydilar.