Belgiya Fransiya bilan chegarasida vaqtinchalik nazorat kiritdi

Jahon 00:47 / 24.02.2016 2638

Belgiya Fransiya bilan chegarasida mamlakatga muhojirlar oqimi ko‘payishidan xavotirlanib, vaqtinchalik nazoratni yo‘lga qo‘ydi.

Bu haqda Belgiya ichki ishlar vaziri Yan Yambon ma'lum qildi. Yambonning aytishicha, La-Mansh tunneli yaqinidagi Kaledagi lagerni tark etayotgan muhojirlarning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 290 nafar politsiyachi chegara bo‘ylab navbatchilik qilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Daniya muhojirlar sababli chegara nazoratini kuchaytirayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: