Argentina prezidenti Maurisio Makri terma jamoa sobiq futbolchisi Diyego Maradona va «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.
«Final uchrashuvlariga men Maradonani tushirgan bo‘lardi, yakshanbalikka esa – Messini», — dedi Makri.
Qayd etib o‘tish joiz, 1995 yildan 2007 yilga qadar Makri o‘z vaqtida Diyego Maradona to‘p surgan «Boka Xuniors» klubiga prezidentlik qilgan.