AQShning Massachusets shtatida tasodifiy yo‘lovchi avtomobil rulida echkini ko‘rib qoldi. Bu haqda Boston Globe xabar bergan.
Oksford shahrida riyeltor Jon Miller savdo markazi avtomobillar to‘xtash parkida "echki-haydovchi"ni ko‘rib qolgan. Oldiniga Millerga haydovchi o‘rindig‘ida katta it o‘tirganday tuyulgan, lekin u yaqinlashib, katta echkini ko‘rgan.
Hayron bo‘lgan Miller bu g‘aroyib haydovchini mobil telefoni orqali videoga olgan va videorolikni Faceebook’dagi o‘z sahifasiga joylagan.
Bundan keyin Miller bilan jonivorning egasi aloqaga chiqib, voqeani tushuntirib bergan. Eshli Robertsonning aytishicha, u savdo markaziga bir necha minutgagina kirgan va echkini o‘zi bilan olib yura olmagan.
Intervyuda Eshli echkini o‘z Toyota’sida fermaga olib ketayotgan bo‘lganini, lekin yo‘lda savdo markaziga kirishi talab etilgani uchun echkini mashinada qoldirgani haqida aytadi.
"O‘zining yirikligi sabab, echki haydovchi o‘rniga o‘tolmaydi deb ishongandim", deydi u.
Robertsonning aytishicha, u yonida yo‘q bo‘lgan vaqt ichida echkiga hech narsa tahdid solmagan. Echkining egasi ta'kidlashicha, echki favqulodda vaziyat signalini yoqib, stakandagi gazirovkani ichib qo‘ygan, hamma ovqatni yeb qo‘ygan va haydovchi o‘rindig‘ini bejab qo‘ygan bo‘lsa ham, bu aytishga arzigulik ish emas.
O‘z o‘rnida videorolik muallifi Millerning aytishicha, ushbu video America's Funniest Videos ko‘rsatuvi prodyusserlariga jo‘natilgan.