Angliyada elektrostansiya binosi qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:40 / 24.02.2016 1680

Angliyaning Oksfordshir grafligidagi Didkot elektrostansiyasi binosining qulashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi.

Qutqaruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, 5 kishi jarohat olgan, yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan.

Ta'kidlanishicha, elektrostansiya 2013 yilda yopilgan, uning binosi buzilishi kerak bo‘lgan.

Avvalroq elektrostansiyada portlash yuz bergani ma'lum qilingandi. Guvohlar portlash ovozini eshitishgan va tutunlar chiqayotganini ko‘rishgan.

Ko‘proq yangiliklar: