“Spelling Union Competition” tanlovi o‘tkazildi

Jamiyat 11:12 / 24.02.2016 2235

O‘zbekistan davlat jahon tillari universitetida ilk marotaba “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan “Spelling Union Competition” (ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish) ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ingliz tili 3-fakulteti professor-o‘qituvchisi Yo.Q.Sharipova ilmiy rahbarligi ostida o‘tkazilgan ushbu tashabbusni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni nazariyada olgan bilimlarini amaliyot orqali takomillashtirib, ilmiy izlanishlarning natijasini ko‘rishdan iborat.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqichda, har bir ishtirokchiga hakamlar tomonidan, ingliz tilida 3 tadan so‘z aytiladi va 50 sekund davomida so‘zni harflab tallaffuz qilish talab etiladi. Har tomonlama jismonan sog‘lom bo‘lgan talabalar bilan bir qatorda, ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar ham o‘zgacha ishtiyoq bilan ishtirok etdilar. Ulardagi til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligi namoyon bo‘ldi. Musobaqa yakunida g‘oliblar uchun esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston davlat kontservatoriyasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining iqtidorli talabalari tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida qo‘shiqlar kuylandi..

O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti
Talaba: Ziyayeva Madina
Ilmiy rahbar: Sharipova Yoqutxon

 

Ko‘proq yangiliklar: