Vladivostok-Naxodka trassasida avtomobil ko‘prigi qulab tushdi

Jahon 13:46 / 23.02.2016 3296

Rossiyaning Primore o‘lkasi, Vladivostok-Naxodka trassasidagi avtomobil bo‘lgan ko‘prik qulab tushgan. Bu haqda VL.ru portali xabar bergan.

Ko‘prik Naxodkani chetdagi markazlar bilan bog‘lovchi A188 trassasida joylashgan. Ko‘prikning Litovka daryosidan o‘tib turgan ikkita oralig‘i qulagan.

Viloyat MChS bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyida hech kim jabrlanmagan, voqea sabablari aniq aytilmagan.

Voqea joyida olingan videoyozuv va fotosuratlarda ko‘prikning qulab tushgan qismida jiddiy talofatlar yuz bermaganini hamda eshigi ochiq minivenni ko‘rish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: