Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Kiyev Rossiyaning Minsk kelishuvi bo‘yicha talablarini bajarmoqchi emas, deb xabar bermoqda "Ukrainskaya pravda" nashri.
Bu haqda Klimkin Kiyevda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer va Fransiya tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
Klimkin Ukraina Donbassda saylovlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z va'dalariga sodiq qolishi, biroq ularning haqqoniyligiga ishonch hosil qilmaguncha ularning o‘tkazilishiga rozi bo‘lmasligini aytdi.
"Donbass aholisi ozod va haqqoniy saylovlar vaqtidagina o‘z fikrlarini aytib va o‘z taqdirlarini Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashi va soxta saylovlar natijalariga ko‘ra u yerda hokimiyat tepasida turadiganlarga emas, Donbass aholisiga ishongandagina biz Minsk kelishuvini bajarishimiz mumkin", deb aytdi Klimkin.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Yevropa Ittifoqi va Ukraina birgalikda Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga majburlay olishi mumkinligini aytgandi.