Turkiya Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi, deb ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bizning fikrimizcha, yarashuvga erishishning imkoni bor. Biz bu yarashuv avvalgi yarashuvga o‘xshamaydi va uni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi, deb umid qilamiz", deb aytdi Kurtulmush.
Kurtulmush shu bilan birga Turkiya o‘z chegaralarini istalgan tahdiddan himoya qilish huquqiga egaligini ta'kidlab o‘tdi.