Ted Kruz saylovoldi shtabi boshlig‘ini bo‘hton qilingan tviti uchun bo‘shatib yubordi

Jahon 08:21 / 23.02.2016 2352

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Ted Kruz o‘zining saylovoldi shtabi boshlig‘i Rik Taylerni bo‘shatib yubordi, deb yozmoqda The Washington Times nashri.

Taylerning bo‘shatilishiga u tomonidan Kruzning raqibi Marko Rubio haqidagi nojo‘ya tvit sabab bo‘lgan. Tayler o‘z tvitida Rubio Injil haqida nojo‘ya so‘zlar aytganini ma'lum qilgan. Aslida esa Rubio bu so‘zlarni umuman aytmagan.

Kruz bu boradagi bayonotida shtab boshlig‘idan Rubiodan uzr so‘rashi va lavozimidan bo‘shash haqida ariza yozishini so‘raganini aytgan.

Kruz Tayler yaxshi odamligini, biroq saylovoldi poygasida bunday usullardan foydalanishgayo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Mojaroga sabab bo‘lgan tvit Rubioning nutqi videoroligini o‘z ichiga oladi. Rubioning videodagi ovozi tushunarsiz yangragan, shuning uchun Tayler unga subtitrlar bergan.

Bu subtitrlarda Rubio go‘yoki Injilning yetarlicha chuqurmasligi va unda "savollarga uncha ham ko‘p javoblar topib bo‘lmasligini" aytgani keltirilgan.

Biroq Rubioning nutqida ishtirok etganlarning aytishicha, aslida u videodagi so‘zlarning umuman aksini, ya'ni Injilda barcha savollarga javob topish mumkinligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: