Suriya muxolifati xalqaro kafolatlarga amal qilinsa, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kiritilishiga rozi bo‘lishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Suriyaning sobiq bosh vaziri, Ar-Riyodda shakllantirilgan muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mita koordinatori Riyod Xijob ma'lum qildi.
Diplomatik manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh Suriyada 27 fevraldan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kiritilishiga kelishib oldilar.