Suriya muxolifati Asadning parlament saylovlarini o‘tkazish qaroriga qarshi chiqdi

Jahon 07:47 / 23.02.2016 2786

Suriya muxolifati Suriya prezidenti Bashar Asadning mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazish qaroriga qarshi chiqdi.

Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mita – xorijiy muxolifat organi vakili Na'san Aga mamlakat urush bilan qamralgan bir vaqtda saylovlar o‘tkazib bo‘lmasligini aytdi. U bu haqda "Al-Arabiya" telekanaliga ma'lum qildi. 

Asad 22 fevralda Suriyadagi parlament saylovlari 2016 yil 13 aprelda o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Saylovlar ko‘p partiyaviylik va 2012 yildagi konstitutsiya asosida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Suriya fuqarolari milliy kengashni saylashlari kerak bo‘ladi, bu kengashga 250 deputat kiradi. Deputatlar umumiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 4 yilga saylanadilar.

Ko‘proq yangiliklar: