Football Addicts kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab o‘tkazgan so‘rovlarida aniqlanishicha, muxlislarning katta qismining FIFAga ishonchi yo‘qolgan.
The Guardian nashrida yozilishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning o‘rtacha 70 foizi 26 fevral kuni yangi rahbarga ega bo‘lishi kutilayotgan tashkilotga ishonmasligini bildirgan. Xususan, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 78 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, Chili, Argentina, Irlandiya, Janubiy Koreya va Ispaniyadagi muxlislarning asosiy qismi FIFAga ishonmasligini bildirgan.
O‘z navbatida Rossiya, Qatar, Tailand, Yaponiya va Janubiy Afrikada muxlislarning aksar qismi FIFAga yaxshi munosabatda ekani aniqlangan.