Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyani zarbalar berishidan ogohlantirdi

Jahon 21:25 / 23.02.2016 9809

Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreya mart oyida birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazsa, bu davlatlarga zarbalar berishdan ogohlantirdi, deb xabar berdi Kiodo agentligi.

Shimoliy Koreya armiyasining oliy qo‘mondonligi bayonotida agar birgalikdagi harakatlar yoki AQSh harbiylarining ko‘chishi alomatlari sezilsa, armiya "oxirgi odamgacha dushman kuchlariga" qarshi kurashishi aytilgan.

Ta'kidlanishicha, zarbalar beriladigan bo‘lsa, Janubiy Koreya prezidentining qarorgohi va AQSh asosiy nishonga aylanadi.

Avvalroq Janubiy Koreyaga AQShning F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari keltirilgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: