Samolyotlarga smartfon va noutbuk akkumulyatorlarini olib kirish ta'qiqlanadi

Jahon 15:03 / 23.02.2016 3411

Fuqarolar aviatsiyasining xalqaro tashkiloti (International Civil Aviation Organization, ICAO) yo‘lovchi samolyotlarning yukxonasida litiy-ionli akkumulyatorlarni tashishni ta'qiqlab qo‘ydi.

Ushbu cheklovlar akkumulyatorlarning yonish xavfi xususiyati tufayli o‘rnatildi. Qaror 2016 yilning 1 aprelidan kuchga kiradi. Zaryadi to‘lib ketgan batareyalar uchun olovga chidamli o‘ram yaratilsa, bu cheklov bekor qilinishi ham mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bu taqiq ICAO’ning barcha 191 ta ishtrokchi mamlakatlari uchun majburiy.

Avvalroq soatlarda foydalaniladigan zaryadi to‘lib ketmaydigan litiy-metalli batareykalarga ham shunday taqiq o‘rnatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: