Qozog‘iston hukumati 2016 yil uchun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining yangi prognozini tasdiqladi.
Yangi prognoz bo‘yicha, mamlakatning 2016 yil iqtisodiy o‘sishi, avval rejalashtirilganidek, 2,1 foiz emas, 0,5 foizni tashkil etadi. Bu haqda respublikaning milliy iqtisodiyot vaziri Erbolat Dosayev ma'lum qildi, deb xabar beradi RIA “Novosti”.