Pentagon: AQSh va Isroil hamkorlikda Havo hujumidan mudofaa mashg‘ulotlarini boshlaydi

Jahon 11:19 / 23.02.2016 2301

Qo‘shma shtatlar va Isroil havo hujumidan mudofaa bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishga kirishadi. Mashg‘ulotda raketa hujumidan himoyada qo‘llaniladigan, ballistik raketalardan keladigan xavfni barataf etishga mo‘ljallangan Juniper Cobra sinovdan o‘tkaziladi.

Pentagon vakili, AQSh Qurolli kuchlari kapitani Jyeff Devisning ma'lum qilishicha, bu mashg‘ulot bundan keyin har 2 yilda 1 marta o‘tkaziladi va 1 hafta davom etadi.

"Bu Yaqin Sharqda Isroil bilan o‘tkaziluvchi eng muhim mashg‘ulotimizdir. Bunday mashg‘ulotlar ilk marta 2001 yilda o‘tkazilgan, bu safargisi sakkizinchisi hisoblanadi. Amerikaliklar tomonidan mashg‘ulotlarga harbiylar va mutaxassislardan iborat 1700 kishi jalb etilgan", deydi u.

Devisning aytishicha, mashg‘ulotlarga AQSh Qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi vakillari jalb etiladi.

Pentagon rasmiysining aytishicha, mashg‘ulotlarda "Isroil to‘qnashishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavflarning kompyuter ssenariylari" bo‘yicha olib boriladi. U "urush o‘yinlari" aynan qaysi poligonda o‘tkazilishini ma'lum qilmagan. Bundan oldingi shu turdagi mashg‘ulotlar Negev sahrosida o‘tkazib kelingan.

Ko‘proq yangiliklar: