O‘zDJTUda Tohir Malik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 15:11 / 23.02.2016 3499

Bugun, 23 fevral kuni O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va hazil-mutoyibaga boy tarzda o‘tgan suhbatda adib ijodi, faoliyatiga doir ma'lumotlar barcha qatnashchilar diqqatini tortdi.

Tohir Malik bugungi kunda "Bekajon" gazetasida bosh muharrir vazifasida faoliyat olib bormoqda. Yozuvchining jurnalistika sohasidagi kamchiliklar, jurnalistlar ahamiyat berishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan bildirgan fikrlari bo‘lajak jurnalistlar uchun ahamiyatli bo‘ldi.


"Amerikada pul ortilgan kamaz ag‘darilib ketibdi. Hamma odamlar sochilib yotgan pullarni terib olishga kirishishdi. Birozdan so‘ng politsiya xodimlari kelib barchadan pullarni qaytarib olishdi. Bu voqeada nima birlamchi? Jurnalistning politsiyadan tezkorligi, axborotni eng birinchilardan bo‘lib yetkazishi", deya javob beradi Tohir Malik "hozirgi zamon jurnalisti qanday bo‘lish kerakligi" haqidagi savolga.

Mobil muxbir: Charos Sodikjon qizi

Ko‘proq yangiliklar: