Ozarbayjon prezidenti Tehronda hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida 10 dan ortiq hujjatni imzolaydi

Jahon 18:13 / 23.02.2016 2541

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 23 fevral kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan ikki tomonlama munosabatlar to‘g‘risida suhbatlashish uchun Tehronga keldi.

Turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 10 dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Hozir Eron va Ozarbayjon energetika, savdo va transport sohalarida hamkorlik qilishadi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar bo‘yicha qator kelishuvlarga kelinadi.

Ozarbayjon Davlat statistika komitetining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning birinchi to‘qqiz oyi davomida davlatlar aro savdo almashinuvi 99 million dollarni tashkil etgan.

Viza rejimini yengillashtirish, Astara chegara shahridagi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi, milliy elektr tarmoqlari hamkorlik ishlari, transport rivoji, bank xizmatlari, bojxona, avtomobil tarmog‘i sohasidagi hamkorlik, neft, gaz va neft-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalariga taalluqli hujjatlar imzolanishga tayyorlab qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: