AQShda freking (qatlamni gidravlik yorish) usuli bilan energiya zaxiralarining faol qazib olinishi neft narxining 60 dollardan oshishiga xalaqit beradi. Bunday fikrni 22 fevralda OPeK bosh kotibi Abdulloh al-Badriy AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan har yilgi an'anaviy xalqaro neft-gaz anjumani IHS CERAWeek’da aytib o‘tdi.
"Bilmadim, biz bu bilan qanday birga mavjud bo‘la olamiz", deb al-Badriy AQSh slanets nefti qazib olinishi borasida aytgan so‘zlarni Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tdi. OPeK bosh kotibi agar neft narxi 60 dollardan oshsa, unda freking usulini qo‘llovchi AQSh kompaniyalari darhol neft qazib olish hajmini oshiradi.
"Neft narxining istalgan ko‘tarilishida slanets tarmog‘i javob beradi va barcha neft hajmini qisqartirishlarni yo‘qqa chiqaradi", deb qo‘shimcha qildi al-Badriy. Uning aytishicha, hozirda neft bozorlaridagi murakkab vaziyat avval kuzatilganlaridan murakkabroq. "Agar 2017 yoki 2018 yilda narxlar ko‘tarilsa, unda oshish AQShning slanets nefti bilan cheklanadi. Mana bu gal vaziyat nimasi bilan farq qiladi", deb qo‘shimcha qildi al-Badriy.