Olimlar tomonidan Developmental Cell jurnalida saraton hujayralarining uch o‘lchamli tasvirini olishga qodir, yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega mikroskop haqida ma'lumot berildi.
"Bizning mikroskop saraton hujayralarining harakatini boshqaruvchi molekulyar mexanizmlarni chuqurroq tushunishga imkon beradigan asboblardan biri hisoblanadi. Umid qilamizki, endi olimlar "Biz nimani o‘lchay olamiz?" savoli o‘rniga "Nimani o‘lchash kerak?" degan savol berishadi", deb aytmoqda mikroskop mualliflaridan biri, Texas universiteti Janubi-G‘arbiy tibbiyot markazi professori Reto Fiolka.
Bugungi kunda qo‘llanadigan saraton hujayralari tasvirining ko‘pchiligi bu ikki o‘lchamli yassi suratlardir. Biroq haqiqatda hujayralar murakkab tabiiy muhitda yashaydi. Bu hujayralarning hayotini tabiiy sharoitlarga yaqin sharoitlarda o‘rganish imkoniyati taqdim qilingan mikroskopning muhim jihati hisoblanadi. Biroq u tomonidan olinadigan ma'lumotlar tushuntirib berish uchun qiyin bo‘lishi mumkin, shuning uchun ma'lumotlarni olish va qayta ishlash uchun kuchli kompyuter dasturlarini yaratish bu yo‘nalishdagi keyin qadam bo‘ladi.
Mikroskop yaratuvchilari mikroskop uchun dasturiy ta'minot ilmiy hamjamiyat uchun ochiq foydalanishda bo‘lishini aytdilar.