Amerikalik prezidentning fikricha, Liviyadagi vaziyat AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosati uchun hamon g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid solib turibdi.
AQSh Prezidenti Barak Obama liviyalik marhum siyosiy rahbar Muammar Kaddafiyning tarafdorlari va qarindoshlariga nisbatan sanksiyani yana bir bor bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Kongressga yuborilgan rasmiy xabarni Oq uyning matbuot xizmati tarqatdi, deb xabar beradi TASS.
Xabarda Obama Liviya parlamenti hamon o‘z vakolatlaridan foydalanayotgani va milliy birlik hukumati bilan Liviya zahiralarini nazorat qilish huquqi borasida bahslashishda davom etayotgani sanksiyani uzaytirishga sabab bo‘lganini bildirdi. Bundan tashqari, mamlakatda IShID terroristik guruhi paydo bo‘ldi. Bu esa Vashingtonni sanksiyani bekor qilish beqarorlikning avj olishiga olib kelishi mumkin, deb xavotir olishiga arziydi.
2011 yil dekabrda Amerika Liviyaga nisbatan qo‘llangan bir necha sanksiyani bekor qilgan edi. Xususan, ba'zi istisnolar bilan, Liviyaning hukumatining va Markaziy bankning barcha hisoblari “eritilgan”. Lekin, Kaddafiy oila a'zolarining Amerikadagi aktivlari muzlatilganicha qolgan.