Noyyer: Buffon - o‘rnak olish uchun eng zo‘r namuna

Sport 16:41 / 23.02.2016 2769

"Bavariya" jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer YeChLning nimchorak finalida Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va raqiblar darvozaboni Janluidji Buffon haqida alohida to‘xtaldi.

"Janluidji ko‘p yillar davomida xalqaro maydonlarda yuqori saviyadagi o‘yinini barqaror saqlab kelayotgan darvozabon.

Men uning Italiya terma jamoasi safidagi va YeChLdagi o‘yinlarini doimiy ravishda kuzatib kelaman. U men uchun hamisha namuna bo‘lib kelgan. Unga qarshi o‘yin o‘tkazish hamisha insonda ajib tuyg‘ular uyg‘otadi. Buffon - hamisha ochiqko‘ngil va barcha bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi. Biz bir-birimiz bilan juda yaxshi munosabatdamiz", deydi Noyyer.

Keyin u o‘zi haqidagi savollarga javob qaytargan.

"O‘zimning hozirgi sport formamni qancha vaqt saqlab qolishim haqida fikr bildira olmayman. 29 yoshda bu haqda o‘ylab gapirish kerak. Mening yoshimda o‘zingni asrash haqida ko‘proq o‘ylashing talab etiladi. Ayni vaqtda o‘zimni yaxshi his qilyapman, lekin 5 yildan keyin ham shunday bo‘lishiga ko‘zim yetmaydi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Bavariya” o‘yini seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: