Niderlandiyada poyezd izdan chiqib ketishi natijasida odamlar halok bo‘ldi

Jahon 16:54 / 23.02.2016 2235

23 fevral kunining birinchi qismida Niderlandiyada temir yo‘lda yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib ketdi va 2 kishi hodisa qurboniga aylandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, MSNBC nashri xabariga ko‘ra, o‘ndan ortiq kishi hodisa jabrlanuvchisiga aylangan.

Qayd etilishicha, voqea Amsterdam shahridan 120 km masofada, Dalfsen (Germaniya chegarasidan 40 km masofada) hududida ro‘y bergan. Aniqlik kiritilishicha, poyezd yo‘ldan chiqib ketgach, yo‘l chetidagi kranga borib urilgan.

Ko‘proq yangiliklar: