Migratsiya bo‘yicha Turkiya - YeI sammiti 2016 yilning 7 martida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjuumanida Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Margaritis Sxinasga asoslanib, TASS xabar bergan.
«Yevrokomissiya Turkiya voqealari bilan bog‘liq rejani amalga oshiradigan vaqt keldi. Sammit, menimcha, 7 mart kuni o‘tkaziladi”, deydi Sxinas.
Bundan oldinroq, Avstriya bosh vaziri Verner Fayman migratsiya muammolarini muhokama qilish uchun Turkiya va Yevropa Ittifoqi rahbariyati darajasida yangi uchrashuv uyushtirishga chaqirgandi.